Harbiy xizmatchilar “Yashil makon” doirasida minglab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdi

0
2008

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 11-oktabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabr kuniga qadar “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilingan edi.

Mazkur loyihada barcha vazirlik hamda davlat tashkilotlari xodimlari faol qatnashishi loyihaning umummilliy harakatga aylanishida muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ham mazkur aksiya shiddat bilan davom etmoqda.

Xususan, bugun, 29-oktyabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparati harbiy xizmatchilari Toshkent viloyatida joylashgan “Krasnogorsk” aholi yashash punktining vazirlik uchun ajratilgan hududiga ko‘chat ekdi. Ob-havo sharoiti va mahalliy hudud iqlimidan kelib chiqib, ko‘p suv talab etmaydigan va tez unadigan minglab ko‘chatlar bugunning o‘zida yerga o‘tqazildi. Ta’kidlash kerakki, ekilgan har bir ko‘chat nazorat ostida bo‘lib, ularning barchasi tomchilab sug‘orish texnologiyasi ostida suv bilan ta’minlanadi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish jarayonlari barcha harbiy okruglar va ular tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda ham amalga oshrilmoqda.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti