Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan harbiy-ilmiy anjuman

0
2026

Qurolli Kuchlar tizimida harbiy xizmatchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha koʻrsatkichlarini yuksaltirishga qaratilgan koʻplab amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi tomonidan “Jismoniy tayyorgarlik asoslari, nazariyasi va uslubiyati” mavzusida harbiy-ilmiy anjuman oʻtkazildi.

Tadbirda xalqaro toifadagi shifokorlar, valiologlar, professor oʻqituvchilar, fan doktorlari, Mudofaa vazirligi oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.

Anjumanda mutaxassislar tomonidan “Jismoniy tayyorgarlik nazariyasi va uslubiyati”, “Harbiy xizmatchilarga jismoniy yuklamalarnining taqsimoti”, “Sogʻlom ozuqa – askarning eng muhim qurolidir” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, oliy toifali sportchilar oʻz tajriba va koʻnikmalarini yigʻilganlar bilan oʻrtoqlashdi.

Olimjon Sodirjonov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti