“Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi

0
149

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari, Olmazor tumani IIB “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish” boʻlimi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarining xizmat hamda mexnat faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibdi tashkil etish va amalga oshirish, shu bilan birga, qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha yetarlicha maʼlumotlar berildi.

Korrupsiya — bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik va boshqa hodisalar ildiz otishi uchun sharoit yaratib beradi. Shunday ekan, soʻnggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash hamda bu illatni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli islohatlar amalga oshirilmoqda.