Navoiyda rahbarlar jasorat maktabi yig‘ini ishtirokchilari bilan uchrashdi

0
1230

Navoiyda boshlangan “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinida ishtirok etayotgan 100 nafar yoshlar bilan Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi va Navoiy harbiy prokuraturasi vakillari uchrashuv oʻtkazidi.

Dastlab rahbarlar yoshlarga “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻining mazmun-mohiyati, undan koʻzlangan maqsad va oldingi mavsumda erishilgan yutuqlar xususida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, yoshlarning harbiy qismda olgan taassurotlarni bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha suhbatlar oʻtkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtkan uchrashuv davomida birin-ketin soʻzga chiqqan yoshlar, kasb-hunar, tartib-intizomga, tinchlikni va ota-onasining qadriga yetayotganliklarini taʼkidlab, buning barchasi uchun eng avvalo davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdi va kelajakdagi rejalarini soʻzlab berdi.

Shu asnoda, yoshlarning murojaatlari ham tinglandi va milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istagini bildirgan 20 ga yaqin yoshlarga imkoniyat berilgan boʻlsa, viloyat hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi kelajakda tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan yigʻin ishtirokchilariga shart-sharoit yaratib beradigan boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati