Akademiya tinglovchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi

0
2306

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi magistratura tinglovchilari Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi.

Dastlab Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan tinglovchilar shu kuni “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining loyihasi muhokamasida ham ishtirok etishdi.

Muhokama avvalida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Hasan Halilov soʻzga chiqib, mazkur qonun loyihasi yuzasidan axborot berdi. Ushbu Qonunning maqsadi harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar harbiy xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar hamda ularning oila aʼzolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

Muhokamaga qoʻyilgan qonun loyihasi boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar eʼtiborsiz qoldirilmadi.