Qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbir

0
773

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tumandagi fuqarolar yig‘ini raislari, ichki ishlar organi profilaktika inspektorlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, mahallalardagi xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchilariga keng turda tushuntirish berish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yangidan tatbiq qilinayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ichki ishlar organlarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan ”Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.