Harbiy xizmatchilar uchun psixologik va pedagogik bilimlarning ahamiyati

0
1674

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Harbiy xizmatchilar uchun psixologik va pedagogik bilimlarning ahamiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu davra suhbatining maqsadi harbiy xizmatchilar orasida psixologik va pedagogik bilimlarning ahamiyatini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda oʻrganish va oʻrgatishdan iborat boʻldi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti Tursunali Xudaynazarov «Harbiy xizmatchilarning ruhiyatiga taʼsir etuvchi psixologik
omillar» mavzusidagi, Nizomiy nomidagi TDPU Harbiy taʼlim fakulteti dotsenti Abdulhoshim Sotvoldiyev “Zamonaviy taʼlim va tarbiya – mudofaa salohiyatining asosiy sharti” mavzusidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan harbiy xizmatchilar ongidagi stress holatlarni aniqlash va bartaraf etish, ularning muammo va ehtiyojlarini toʻgʻri anglash metodlari, shuningdek, dunyoda sodir boʻlayotgan harbiy-siyosiy jarayonlarga xolis yondashish borasida tajribalar harbiy xizmatchilar bilan savol-javoblar asnosida almashildi.

Katta leytenant Bobur Elmurodov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti