Mudofaa vaziri Sharqiy harbiy okrug shtabini ko‘zdan kechirdi

0
2692

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov “Farg‘ona” dala o‘quv maydoniga tashrif buyurib, u yerda bunyod etilayotgan inshootlarni ko‘zdan kechirdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan innovatsion loyihalar bilan tanishgan mudofaa vaziri takliflarning ayrimlarini ma’qullab, ularni qo‘shinlarga tadbiq etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng mudofaa vaziri Sharqiy harbiy okrug shtabidagi binolar bilan tanishdi. Ularni ko‘zdan kechirish asnosida ayrim obyektlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti