Mudofaa vaziri “Andijon” poligonida brigada taktik o‘quvini nazorat qildi

0
4383

Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarini ko‘zdan kechirayotgan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Andijon garnizonidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mudofaa vaziriga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov hamrohlik qildi.

Viloyatga amalga oshirilgan tashrif davomida mudofaa vaziri harbiy xizmatchilar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni koʻzdan kechirdi, jangovar texnikalar parkida harbiy texnikalarning saqlanishi va butligini koʻrib chiqdi.

Shundan so‘ng, mudofaa vaziri brigada taktik oʻquvini nazorat qilish maqsadida “Andijon” dala o‘quv maydoniga yo‘l oldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti