Olis qishloqda harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
1269

Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Samarqand viloyatining olis hududida joylashgan “Jom” qishlogʻida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Tadbirda harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi va saf chiqishlari hamda qurol-aslahalar koʻrgazmalari barcha ishtirokchilarda bir olam taassurot qoldirdi.

Umuman olganda, festivalda ishtirok etgan har bir yurtdoshimiz xalq va armiya yakdil ekanligiga yana bir bor amin boʻldi, ona Vatanni va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlarning qir-adirlar uzra yangragani esa jomliklar xotirasidan ancha vaqtga qadar oʻchmasligi shubhasiz.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati