“Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari “G‘alaba bog‘i” va Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirdi

0
1007

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinida ishtirok etayotgan yoshlar hamda ularga mas’ul harbiy xizmatchilar poytaxtimizda joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgolik majmuasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akadamiyasiga tashrif buyurdi.

“G‘alaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga uyushtirilgan tashrif davomida ishtirokchilarga Ikkinchi jahon urushi davrida hamyurtlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan qahramonliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, ular muzeydagi turli eksponatlar bilan tanishib chiqilar.

Oliy harbiy bilim yurtiga borgan yoshlar esa kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, hatto amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yig‘in ishtirokchilar avtomatdan to‘gʻri foydalanish, oʻq uzish, sport komplekslari va suzish havzalarida oʻtiladigan mashgʻulotlarda o‘zlarini sinab ko‘rdi. Yoshlar tomonidan berilgan har bir savolga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati