Joylarda harbiy-vatanparvarlik festivali hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

0
1350

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarda harbiy-vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida davomli targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, harbiy xizmatchilari bu gal “Yangi Oʻzbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida Sharof Rashidov tumanida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etishdi.

Festivalda yoshlar uchun qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari va harbiy orkestr jamoalarining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari oʻrin oldi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumanida “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida berilgan maʼlumotlar yoshlarning vatan himoyachisi boʻlish istaklarini mustahkamlagan bo‘lsa ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati