Chirchiqda Qirg‘iz Respublikasiga tegishli harbiy vertolyot to‘liq ta’mirlanib, o‘z egalariga topshirildi

0
1393

O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston hamkorligi mustahkam poydevorga ega. Umumiy tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizning o‘xshashligi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mustaqillik yillarida qo‘shni Qirg‘iziston bilan do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Ham tarixi ham qadriyati uyg’un ikki qardosh xalqlar o’zaro qo‘shnichilik aloqalarini yuksak qadrlaydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida hamkorlik masalalarining mustahkamligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli bugungi kunda hamkorlikning barcha jihatlarini qamrab olgan O‘zbekiston—Qirg‘iziston ikki tomonlama aloqalarida, shu jumladan, harbiy hamkorlik yo‘nalishida ham bugun misli ko‘rilmagan yuksalish kuzatilmoqda.

Joriy yilning 17-oktabrida Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodida Qirg’iz Respublikasiga tegishli MI-8MTV rusumli harbiy vertolyoti to’liq ta’mirlanib, qo’shni mamlakat harbiy delegatsiyasi vakillariga tantanali ravishda topshirildi.

Bir necha kun davomida ikki mamlakat mutaxassislari to’liq kapital ta’mirdan chiqarilgan mazkur harbiy uchoqning sinov parvozlarini amalga oshirishdi. Vertolyot mutaxassis ko’rigidan hamda sinov jarayonlaridan muvaffaqqiyatli o’tib, foydalanishga shay holatga keltirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti