Namanganda harbiy xizmatchilar xayrli ishga qo‘l urdi

0
3293

Dunyoda saxovat degan bir so‘z borki, uning zamirida yaxshilik, ezgulik, savob va oliy himmat kabi ulug‘ hikmatlar mujassam. Ayniqsa, yurtimizda keyingi yillarda xalq roziligi uchun qilinayotgan ishlar ko‘lami kengayib, birinchi galda ehtiyojmand oilalarga e’tibor qaratilmoqda.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani “Beruniy” mahallasidagi “qizil” toifaga kiritilgan yoshlardan xabar olinganda, imkoniyati cheklangan 28 yoshli Umidjon Soliyev yashayotgan xonadonni ko‘zdan kechirildi. U onasi Zulayho opa bilan bir xonali eski uyda yashashi ma’lum bo‘ldi.

Namangan viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan mazkur xonadon to‘liq o‘rganib chiqilib, qurilish ishlari boshlandi. Qurilish jarayonida harbiy xizmatchilar va mutaxassislar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Qisqa muddatda harbiy xizmatchilarning tinimsiz mehnati natijasida ikki xonali barcha sharoitlarga ega uy qurib tugatildi. Mazkur xonadon uy egalariga tantanali tazrda topshirildi. Yangi uy bilan muborakbod etgani bugun ushbu manzilga saxovatpeshalar, mahalla nuroniylari yig‘ildi. Xonadon egalari yurtboshimizga va harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati