Til bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

0
1188

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Til – millat ruhi!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida oʻtgan tadbirga Qarshi davlat universiteti professor o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari, Qarshi shahridagi Abdulla Oripov ijod maktabi oʻquvchilari taklif etildi.

Soʻz olganlar oʻzbek tilining moziyga borib taqaladigan oʻtmishi, yillar sinovidan oʻtgan bardoshi, goʻzalligi borasida teran fikrlar bildirib oʻtishdi. Oʻquvchilar, talaba yoshlar va askarlar tomonidan Navoiy gʻazallari, tilni ulugʻlovchi sheʼrlar oʻqildi.

Tadbirning sermazmun oʻtishi hamda harbiy xizmatchilar bilimini oshirishda yaqindan koʻmaklashganlar okrug qoʻmondonligi tomonidan taqdirlandi.

Shundan soʻng mehmonlar okrug shonli tarixi muzeyi, yozgi kutubxona hamda boshqaruv apparatida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumanida joylashgan harbiy qismda “Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu sana munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarida ham tanatanali tadbir oʻtkazildi. Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan tadbirda okrug masʼul ofitserlari, harbiy xizmatchilar, Erkin Vohidov ijod maktabi oʻquvchilari, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayramga bagʻishlab, “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy boʻlinmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti vakillari, yoshlar va harbiylar ishtirok etdi.

Tadbir davomida maʼruzachilar oʻzbek tilining boy tarixi, rivojlanish bosqichlari, davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtishdi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talabalari, 44-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, “Tumor” xalq ansambli, Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri tomonidan tayyorlangan kuy va qoʻshiqlar, sheʼriy chiqishlar tadbirga milliy ruh kayfiyatini ulashdi.