“Qadring baland boʻlsin, ona tilim”

0
735

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbirida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, “Vatanning sadoqatli farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari, mehnat faxriylar hamda poytaxtimizda joylashgan bir nechta maktab oʻqituvchilari mehmon sifatida ishtirok etdi.

Dastlab tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga harbiy qismdagi “Adiblar bogʻi”, harbiy tarix va “Yangi Oʻzbekiston” muzeylari yaqindan tanishtirildi.

Tadbirning badiiy qismi madaniyat markazida davom etdi. Unda soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotgani, chet eldagi taʼlim dargohlarida oʻzbek tilining oʻrganish markazlari borligi va tilimizning nufuzi oshib borayotgani haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar, oʻquvchi yoshlar va harbiy orkestr jamoasi tomonidan nomiyish etilgan sahna koʻrinishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.