Basketbol bo‘yicha Mudofaa vazirligi sport markazi ochiq chempionatiga start berildi

0
535

Yunusobod tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida basketbol bo‘yicha Mudofaa vazirligi sport markazi ochiq chempionatiga start berildi. Unda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda qo‘shni Qozog‘iston hamda qirg‘izistonlik basketbolchilar ham bellashmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston basketbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Xurshid G‘iyosov, Mudofaa vazirligi sport markazi mutasaddilari, Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari ushbu chempionatning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladilar.

Uch kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur chempionatda 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar kuch sinashmoqda. G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Sherzod ShARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti