Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilandi

0
1087

Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida, Jamoatchilik kengashi a’zolari, boburshunos olimlar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish, shuningdek, o‘rta asrda Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, Andijon viloyatidagi Zahirddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida yangi harbiy-vatanparvarlik bloki loyihasini yaratish bo‘yicha takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti