Pokiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

0
772

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Pokiston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi general-mayor Muneer id-Din boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi. Harbiy delegatsiya aʼzolarini akademiya boshligʻi polkovnik Bobur Shayakubov kutib oldi.

Tashrif buyurganlarga akademiyaning tarixi, hududi va oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berildi. Ikki davlat mas’ul harbiy xizmatchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.

Shundan soʻng, akademiya muzeyi, oʻquv xonalari, Axborot-resurs markazi, mashgʻulot jarayonlari, yotoqxona hamda harbiy oʻquv texnikalarining imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Mehmonlar akademiyaning oʻquv jarayonini taʼminlash bazasini koʻzdan kechirishdi.

Tadbir yakunida Pokiston Islom Respublikasi delegatsiya aʼzolari akademiya rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.