Harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” va “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etildi

0
1175

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Oʻzbek tili milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy va maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda esa Oqdaryo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchi yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tashrif buyurgan yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, Fargʻona shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy prokuratura masʼullari hamda litsey oʻquvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.