“Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!”

0
984

Samarqand, Navoiy va Kattaqoʻrgʻon garnizonlaridagi harbiy qismlarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimlari aʼzolari ishtirokida harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar bilan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Uchrashuv doirasida “Til — millat koʻzgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda millatlarni ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri bu til ekan, har bir inson oʻz tilini bilishi, uni ulugʻlashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozimligi, oʻzbek tilining Vatanimizda davlat tili sifatida amal qilinishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qoʻyilganligi haqida taʼkidlab oʻtildi.

Uchrashuv yakunida mas’ul harbiy xizmatchilar tomonidan tadbir ishtrokchilariga esdalik sovgʻa va tashakkurnomalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati