Navoiy haykali poyida o‘zbek tili bayrami nishonlandi

0
1256

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Dastlab qo‘mondonlikning mas’ul ofitserlari, uyushma a’zolari va bir guruh yoshlar so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga guldastalar qo‘ydi. Shundan so‘ng haykal poyida ochiq davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar ona tilining millat “pasporti” deb e’tirof etilishi, buning mazmun-mohiyati, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining tarixiy ahamiyati, shuningdek, davlat tiliga e’tiborning yuksalib borayotgani haqida misollar bilan ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati yakunida taniqli shoirlar o‘zlarining ona tiliga bag‘ishlangan she’rlarini o‘qib eshittirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti