Harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

0
2517

Har bir harbiy xizmatchi muntazam ravishda oʻz ustida ishlab, bilim va koʻnikmalarini oshirib borishi lozim. Dala-oʻquv maydonlari va harbiy qism hududlarida oʻtkazilayotgan jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari esa bu borada yurt oʻgʻlonlari uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

Xususan, Chirchiq okrug poligonida Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov tomonidan mashgulotlar oʻtkazilib, harbiy xizmatchilarning nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlandi.

Chindan ham so‘nggi vaqtlarda harbiy xizmatchilarning oʻquv mashgʻulotlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, harbiy xizmatchilar bilan turli yoʻnalishlar boʻyicha, jumladan, aloqa tayyorgarligi, zirhli transport vositalariga operativ ravishda joylashish, guruh qurollarini qisqa vaqt ichida jangovar holatga keltirish, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish, desant tayyorgarligi kabi oʻquv mashgʻulotlari muntazam ravishda o‘tkazilyapti.

Poligonda yaratilgan shart-sharoitlar, qolaversa, muntazam ravishda oʻtkazilib kelinadigan bunday mashgʻulotlar natijasida yurt oʻgʻlonlarining bilim va koʻnikmalari, jangovar tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yanada ortib bormoqda.

Harbiy xizmatchi jangovar vaziyatlarga ham ruhan, ham jismonan doimo tayyor holda boʻlishi shart. Oʻtkazilayotgan tadbirlar mohiyati ham ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati