“Vatan tayanchi” a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi

0
1053

Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismga biriktirilgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolarining tantanali “Vaʼda berish” marosimi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 2-mart kuni “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingandi. Bu yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mutlaqo yangicha yoʻnalishi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tizimli shakli hisoblanadi.

Qarorda davlat umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan 10—11-sinf oʻquvchilari orasidan vatanparvar, eng intizomli va bilimli, tashabbuskor boʻlgan 20 nafar yoshni saralab olish orqali “Vatan tayanchi” otryadlarini tashkil etish belgilangan. 

Marosimda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati vakillari, faxriylar va yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Maktab maydonida oʻtkazilgan marosimda “Va’da berish” marosimida o‘ndan ortiq otryad aʼzolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalar topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan faxriylar “Vatan tayanchi” harakatiga qabul qilingan oʻsmirlarga tantanali vaʼdani mohiyati, vaʼda ortidagi otryad aʼzosi zimmasiga yuklatiladigan masʼuliyat va javobgarlik, Vatanga sadoqat va fidoyilik boʻyicha nutq soʻzlashdi.

Shuningdek, Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida Zarafshon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli barcha umumtaʼlim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadlariga aʼzo boʻlgan 10-11-sinf oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” marosimi oʻtkazildi.

Toshkent harbiy okrugi Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida joylashgan 15 yaqin umumtaʻlim muassasalarining 200 nafar oʻquvchi yoshlariga ham “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.