Harbiy okrug qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari malaka oshirdi

0
1922

Mudofaa vazirligi mas’ullari hamda harbiy okrug qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi diplomatik akademiyasida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati asoslari. Diplomatik protokol, etiket va munozaralar jarayoni” kursida malaka oshirdi.

Kurs davomida tinglovchilar akademiyaning professor-o‘qituvchilaridan O‘zbekistonnning yangilangan Tashqi siyosat konsepsiyasi va mamlakatimiz diplomatiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, notiqlik, ritorikadiplomatik protokol va etiket, diplomatik yozishmalar, muzokoralar jarayonida tashkiliy ish va samaradorlikka erishish, diplomatiyada tahliliy ish, jahon siyosatidagi zamonaviy tendensiyalar va qarama-qarshiliklar, xalqaro arenadagi giosiyosiy jarayonlar, Markaziy Osiyoning zamonaviy muammolari, O‘zbekiston tashqi siyosatining hququqiy asoslari va xalqaro shartonmalarning qonunchilik bazasi kabi mavzular bo‘yicha bilimlarini oshirdilar.

– Diplomatiya har bir soha vakili o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan soha, shu jumladan harbiy xizmatchilar ham, – deydi kurs tinglovchisi podpolkovnik Fayzulla Shermatov. – Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bizning davlatchiligimiz necha ming yillik tarixga ega. Shuning uchun diplomatik munosabatlar ham tariximizning eng chuqur qatlamlariga borib taqaladi. Bu haqiqatni dunyo olimlari ham e’tirof etadi. Dunyodagi diplomatiyaga oid eng zo‘r kitoblar ham aslida Sharqda, jumladan, bizning zaminimizda yaratilgan desak, adashmaymiz. Biz kurs davomida bu haqda ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldik. O‘rganganlarimiz keyingi xizmat faoliyatimizda asqotishi bizning eng katta yutug‘imiz bo‘ladi.

Yetmish ikki soatga mo‘ljallangan mazkur malaka oshirish kurs nihoyasida tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

Gulnora HOJIMURODOVA,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti