“Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi”

0
1355

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” tamoyili asosida obodonlashtirish tadbiri olib borilayotgan “Yangiqoʻrgʻon” mahallas madaniyat markazida “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda hududdagi o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzosi boʻlgan 100 nafarga yaqin yoshlarga koʻkrak-nishonlari ham guvohnomalari tantanali topshirildi.

Harbiy orkestr jamoasining kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning qoʻl jangi chiqishlari hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi tadbirga yig‘ilgan barchada katta taassurot qoldirdi.