Namanganda tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning beshinchi mavsumi yakunlandi

0
1904

Namangan viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida 10 kunlik “Jasorat maktabi” harbiy oʻquv yigʻinining beshinchi mavsumi ishtirokchilarini tantanali kuzatish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi masʼul xodimlari, Faxriylar kengashi aʼzolari, “Vatanparvar” tashkiloti va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbir davomida Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy orkestrining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Yopilish marosimi soʻnggida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi tomonidan bir nafar ishtirokchiga harbiy guvohnoma hamda viloyatining barcha shahar hamda tumanlaridan yigʻilgan ishtirokchilariga harbiy oʻquv yigʻinni muvaffaqiyatli tugatganligi boʻyicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

                                                        Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati