Karmanada harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
1133

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Navoiy garnizonidagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari bu gal Karmana tumani 25-ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchilari mahallari yoshlari uchun harbiy-vatanparvarlik festivalini tashkil etishdi.

Festival harbiy orkestr jamoasining tantanali kuy-sadolari ostida boshlandi. Faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari hamda qoʻl jangi sahnasi barchada harbiylik kasbiga qiziqish va faxr hissini uygʻotdi.

Festivaldan soʻng, harbiy xizmatchilar, faxriylar kengashi aʼzolari hamda yoshlar ishtirokida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida jasorat darslari tashkil etildi.

Suhbatda yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirishga ahamiyat qaratildi. Yoshlar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati