Qahramon o‘g‘lonlar xotirasi abadiy

0
1361

Yurtimizda qahramon o‘g‘lonlar, Vatan tinchligi uchun jon fido qilgan harbiy xizmatchilar xotirasini abadiylashtirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha viloyati Ohangaron tumanidagi ko‘chalardan biriga marhum mayor Sulton Yakubov nomi berilishiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi, tuman hokimligi, Qurolli Kuchlar akademiyasi vakillari, faxriylar va mahalla oqsoqollari hamda tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida marhumning yaqin qarindoshlari, quroldosh birodarlari soʻzga chiqib, Sulton Yakubov haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, tumandagi Sulton Yakubov oʻqigan 4-sonli maktabda unga bagʻishlangan xotira burchagi tashkil etildi. Ushbu hayrli tadbirning davomi oʻlaroq, tumanda istiqomat qilayotgan aholi va oʻquvchi yoshlar uchun konsert dasturi ham namoyish etildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti