Harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi

0
977

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qolaversa, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarning tez-tez tashkil etilishi xalq va armiya birdamligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Andijon garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” ham ana shunday maqsadlar sirasiga kiradi. Tadbirda Andijon viloyatining shahar va tumanlaridan 100 ga yaqin o‘quvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab yoshlar e’tiboriga harbiy qism faxriy qorovul bo‘linmasi tomonidan turli chiqishlar, qurol–aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida ham joylashgan harbiy qismda “Xalq va armiya bir tan-u bir jondir!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Ushbu ochiq eshiklar kunida Jarqoʻrgʻon va Bandixon tumanlaridagi mahallalarda istiqomad qilayotgan faxriylar, harbiy pensonerlar hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.