Qoʻmondon chegara oldi hudud yoshlari bilan uchrashdi

0
1774

Jizzax viloyatining eng olis hududi, qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan Yangiobod tumanida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev ishtirokida “Qoʻmondon va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda dastlab qoʻmondon soʻzga chiqib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida bergan maʼlumotlari yoshlarda Vatan himoyachisi boʻlish, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarni uygʻotdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida yoshlarning harbiy va turli sohadagi qiziqishlariga oid savol va murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi hamda tegishli mutaxassislar tomonidan toʻliq tushunchalar berib oʻtildi.

Quvonarlisi, tuman hokimligi bilan hamkorlikda olis hudud yoshlari harbiy qismlarga taklif etildi, va ular milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar xususida maʼlumotga ega boʻldilar.  

Uchrashuv davomida tumanning eng faol yoshlari, yaʼni “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakatiga aʼzo boʻlgan 100 nafar yoshlarga koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.

Uchrashuvdan soʻng, tuman ahli yoshlari uchun harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Undan harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi, faxriy qorulning saf chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi hamda harbiy orkestr jamoalarining ona Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari oʻrin oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati