Eng ilg‘or merganlar aniqlandi

0
930

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shaxsiy tarkibning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish, o‘zaro sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va bo‘linmalarni uyushqoqlik bilan jangovar vazifalarni muvaffaqqiyatli bajarishga tayyorlash maqsadida “Men g‘olib” shiori ostida turli bellashuv va musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Qarshi garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida qo‘mondonlik mutaxassislari o‘rtasida “Eng ilg‘or mergan” tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovning o‘ziga xos tomonidaridan biri – ishtirokchilar noqulay ob-havo va noqulay joy sharoitida o‘q otish, jismoniy tayyorgarlik va test sinovlarini topshirish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Yakunda tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti