Fargʻonada “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
1060

Fargʻona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakultetida “Taʼlim muassasasi mahalla uchun maʼnaviyat oʻchogʻi” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qurolli kuchlar faxriylari, harbiy prokuratura xodimlari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yoshi ulugʻ otaxonlar hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbat bosh mavzusiga aylandi.

Shuningdek, yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlar taʼlim olishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha soʻz yuritilib, maʼlumotlar ham berib oʻtildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati