Mudofaa vazirligi markaziy apparatida profilaktik tadbir o‘tkazildi

0
1073

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda joylardagi Mudofaa ishlari boshqarmalari, moliya va ijtimoiy ta’minot xodimlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

Dastavval soha mutaxasislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunlar talablari batafsil tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida soha xodimlarining ish yuritish malakalari muhokama qilinib, murojaatlar bilan ishlashda ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlar eslatildi. Tegishli hisobot hujjatlari o‘qib eshittirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni kelgusida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tadbir tanqidiy-tahliliy ruhda kechdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti