Kelajakda ko‘zimizni quvontiradigan yashil makonlar

0
490

Prezidentimiz tomonidan Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda hududlarni yashil maydonlarga aylantirish dolzarb vazifa qilib belgilab berilgan edi.
2-noyabrdan 10-dekabrgacha bo‘lgan muddat daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» deb e’lon qilindi.
Mazkur loyiha doirasida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida ham joylardagi hokimliklar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism va muassasalardagi 1000 ga yaqin harbiy xizmatchilar, okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, hamkorlikdagi kuch tuzilmalar, obodonlashtirish boshqarmasining mehnatsevar xodimlari, mahalliy aholining ko‘ngilli vakillari, barcha davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 10 gektardan ziyod maydonni ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

So‘zga chiqqanlar, “Ekologik inqirozni bartaraf etishda yashil maydonlarni kengaytirish hamda ularni ko‘paytirish zarur. Kelajak avlodga ekologik toza O‘zbekiston qolsin”, – deya ta’kidlab o‘tdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan avvalo ushbu joyda obodonlashtirish ishlari olib borilib, so‘ngra archa, terak va bir qator manzarali daraxtlar ekilishiga hissala qo‘shildi.
Mahalliy ahoning ushbu loyihada ko‘ngilli bo‘lib ishtirok etayotgani va farzandlariga ham o‘rnak bo‘lib oilasi bilan ko‘chatlarni ekayotgani insonni quvontiradi.
Ushbu maydonda barpo etilgan “Yashil makon” sizu bizning kelajakda ko‘zimizni quvontiradigan hamda ekologiyaga foydasi tegadigan maydon bo‘lishi shubhasiz.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati