Namanganda tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da mashgʻulotlar qizgʻin davom etmoqda

0
916

Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash” markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da yoshlarini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, shukronalik, jasorat, tuygʻularini shakllantirish va kamol toptirish maqsadida turli mashgʻulotlar, davra suhbatlari, muloqotlar va treninglar tashkil qilinmoqda.

Muloqotlar davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar, ulardan foydalanish tartiblari va yurtimizda oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” haqida atroflicha maʼlumotlar berib borilyapti.

Shuningdek, Yangiqoʻrgʻon tumani mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida uchrashuv ham tashkil etilib, oʻzi ham mana shunday “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik oʻquv-yigʻinida ishtirok etgani, yigʻindan olgan taassurotlari va hozirda shu maktab ortidan erishgan yutuqlari haqida gapirib oʻtgani shtirokchilarga haqiqiy motivatsiya boʻldi.

Shu bilan birga, Namangan davlat universiteti professor oʻqituvchilari tomonidan “Hissiyotlar va emotsiyalarni boshqarish” psixomashgʻulotlarida yoshlarning psixologik muammolari oʻrganilib chiqildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati