Termizdagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1582

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Milliy armiyamiz — Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Unda Termiz shahrida joylashgan uchta umumtaʼlim maktablari hamda ikkita mahalla fuqarolar yigʻini yoshlari ishtirok etdi. Dastlab, yoshlar harbiy orkestr kuy-sadolari ostida tantanali kutib olindi, shundan soʻng harbiy qism saf maydonida vatanparvarlik soati oʻtildi.

Shundan soʻng ishtirokchilar harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika va qurol-yaroqlar, harbiy qism tarixi muzeyi,va harbiy xizmatchilarning doimiy ravishda sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda harbiy qism kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kun davomida harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida sport oʻyinlari hamda “Timbilding” musobaqalari boʻlib oʻtdi.