Uchta viloyatning “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga koʻkrak nishonlari topshirildi

0
1212

Jizzax shahridagi “Oʻrda” ekologik bogʻida Jizzax shahar hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi, Jizzax garnizoni, Jizzax harbiy prokuraturasi, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat boʻlimi, Qurolli Kuchlar faxriylari va oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga koʻkrak nishonlari topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda soʻz olganlar berilgan mazkur sharafli nishonni taqib yurishga munosib boʻlibgina qolmasdan, kelgusida oʻz tengdoshlaringiz orasida haqiqiy vatanparvar, yetakchi va tashkilotchi boʻlishi zarur ekanligi taʼkidlashdi.

Shundan soʻng viloyatdagi 31 ta umumtaʼlim maktablarining 610 nafar otryadlari aʼzolariga koʻkrak nishonlarini tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Narpay, Oqdaryo hamda Bulungʻur tumanlarida, Navoiy viloyatining esa Qiziltepa va Navbahor tumanlarida “Vatan tayanchi” harakatining otryadlariga aʼzo boʻlgan yoshlarga koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati