Munosiblar e’tirof etildi

0
1061

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Farrux Ziyabayev boshchiligida okrug qoʻshinlaridagi barcha harbiy xizmatchilar ishtirokida erishilgan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasida erishilgan natijalar tahlil qilindi.

Dastlab, o‘tgan davr mobaynida qoʻmondon oʻrinbosarlarining erishilgan yutuqlar hisoboti tinglandi va yoʻl qoʻyilgan kamchilik, muammolar oʻrganib chiqilib hamda uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi.

Shundan soʻng, qoʻmondon dala-oʻquv maydonlarida oʻtkazilayotgan brigada, batalyon hamda vzvod taktik oʻquvlari hamda turli koʻrik-tanlov va musobaqalarda harbiy xizmatchilarning koʻrsatayotgan matonatini evaziga erishilayotgan yutuqlarni alohida tilga olib, buning zamiridagi tinimsiz mehnat va mashaqqatlarni eʼtirof etdi.

Yakunda esa ana shunday yutuqlarga erishgan, jumladan, brigada taktik oʻquvlari hamda “Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovida faxrli oʻrinni egallagan harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati