Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi

0
1992

Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar mavjud muammolarini hal etishda, shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Shu munosabat bilan Navoiy viloyatdagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari hamda bir qancha davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida bevosita muloqot va sayyor qabullar boʻlib oʻtdi.

Tashkil etilgan muloqotlar davomida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar va mavjud muammolarning yechimi kun tartibining asosiy masalasi boʻldi.

Sayyor qabullarda esa viloyat hokimligi, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim boʻlimlari, tibbiyot birlashmalari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakillari, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari, soliq, bank va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida kelib tushgan ayrim murojaatlar shu joyning oʻzida oʻz yechimini topgan boʻlsa, qolganlariga tushuntirish va yoʻllanmalar berildi.