Kursantlar intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etmoqda

0
1008

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida kursantlarning dam olish vaqtlarini maroqli oʻtkazish maqsadida anʼanaga aylanib kelayotgan “Gʻalabaning kaliti —bilimda” hamda “Sifatli taʼlim — bizning kuchimiz” shiorlari ostida “Viktorina” va “Zakovat” intellektual oʻyinlari o‘tkazildi.

Qizgʻin va qiziqarli davom etgan viktorinada turli bosqichdagi kursantlardan tarkib topgan “Boʻron”, “Zarba”, “Olovli qalqon” va “To‘fon” jamoalari qator shartlar asosida bellashdi.

Dastlab, jamoalar artilleriya fanlaridan nazariy savollarga yozma koʻrinishda javob qaytargan bo‘lsa, ikkinchi shartda taktik shartli belgilarga taʼrif berish so‘raldi. Shuningdek, artilleriyadan otish va o‘t ochishni boshqarish bo‘yicha berilgan nazariy savollarga ham kursantlar to‘g‘ri javob berdilar. 

Yakuniy natijalarga koʻra “Olovli qalqon” jamoasi faxrli 1-oʻringa sazovor boʻldi.

Shuningdek, bilim yurti Texnik taʻminot kafedrasi tomonidan tank qoʻshinlari taktik muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan kursantlari oʻrtasida harbiy-texnik viktorina oʻtkazildi.