Samarqandda boshlangʻich tashkilot yetakchilar bilan oʻquv-seminar oʻtkazildi

0
1237

Markaziy harbiy okrugning Maʼnaviyat va marifat markazida Samarqand garnizonida joylashgan kuch tuzilmalarining harbiy qism muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari uchun oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda dastlab kuch tuzilmalaridagi yoshlar yetakchilarining 9 oy davomida amalga oshirgan ishlari sarhisobi va yangi chorakka moʻljallangan rejalari tinglandi.

Shuningdek, oʻquv-seminarda bir qator hamkor tashkilotlar masʼul vakillari tomonidan Oʻzbekiston-2030 strategiyasi mazmun-mohiyati, yetakchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha metodikalar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar borasida maʼumot va tushunchalar berildi.

Seminar yakunida faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati