Qoʻmondon va muddatli harbiy xizmatchilar muloqoti

0
5454

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar bilan samimiy muloqot qildi.

Kechki hordiq vaqtida oʻtgan suhbat chogʻida qoʻmondon oʻzining harbiy xizmatni boshlagan davri haqida soʻzlab, u paytlarda oddiy askarlar uchun bugungidek shart-sharoitlar boʻlmaganiga toʻxtaldi. Tajribali ustoz sifatida muddatli harbiy xizmatchilarga oʻzining qimmatli maslahatlarini berib, avvalo, harbiy xizmatchi sifatida bilish lozim boʻlgan barcha koʻnikmalarni mukammal egallashlari lozimligini alohida taʼkidladi.

“Siz hozir hayotingizda muhim qarorlar qabul qiladigan palladasiz. Ish, turmush, roʻzgʻor singari oʻta masʼuliyatli yumushlar bilan roʻpara kelasiz va bunda shoshmasdan eng toʻgʻri qarorlarni qabul qiling” – dedi qo‘mondon.

General bilan oʻtgan bu kabi samimiy muloqot askarlarning harbiy xizmatga yanada masʼuliyat bilan yondashishida, hayotda ham oʻz oʻrnini topishida koʻmak berishi shubhasiz.