Namanganda “Jasorat maktabi”ning beshinchi mavsumi o‘tkazilmoqda

0
1001

Respublikamizdagi vaqtincha ishsiz, uyushmagan va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan “Jasorat maktabi” 10 kunlik harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inlari barcha viloyatlarda o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida ham mazkur vatanparvarlik o‘quv yig‘inining beshinchi mavsumi boshlandi va qizg‘in davom etmoqda.

Yig‘inning boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Yoshlar agentligi, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda 70 ga yaqin yig‘in ishtirokchilari qatnashdi. Yoshlarga mazkur 10 kunlik yig‘indan ko’zlangan maqsad hamda bugungi kunda yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risda tushunchalar berildi.

Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘ini ishtirokchilariga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalanishlari uchun o‘quv qurollari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati