Termizda yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdi

0
941

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir doirasida Termiz shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar harbiy qismga tashrif buyurdi.

Kutubxona, yurt oʻgʻlonlarining bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashda muhim hisoblangan oʻquv sinflari, oʻqotar va guruh qurollaridan nishonlarni yakson etishda meraganlik kabi sifatlarini yuksaltiradigan trenajyor xonalari, yotoqxona, oshxona… Xullas, bularning barchasi shu yurtga xizmat qilishni oʻzining muqaddas burchi deb bilgan ertamiz egalari uchun sohaga oid zaruriy maʼlumotlar olish imkonini berdi.

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tarbiyalash va Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar hamda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish mazkur “Ochiq eshiklar kuni”ning asosiy maqsadi bo‘ldi.

Harbiy qism boʻylab tashkil etilgan ekskursiya davomida turli sport musobaqalari ham oʻtkazildi. Bir soʻz bilan aytganda, mana shu bir kun termizlik yoshlar uchun jasorat va mardlik namunalari sanalgan el posbonlarini hayoti va faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.