Qoʻmondon harbiy xizmatchilarga jangovar tayyorgarlikni mustahkamlovchi mashgʻulot o‘tdi

0
15912

Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov rahbarligida oʻtkazilayotgan kompleks sinovlar yuqori saviyada davom etmoqda.

Sinovlar jarayonida yuzaga chiqayotgan ayrim kamchiliklar esa joyida bartaraf etilayotgani diqqatga sazovor. Malakali ustozlar tomonidan harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish, shaxsiy tarkib bilan ishlashda yangicha yondoshuvlarni oʻrgatishni maqsad qilgan nazariy darslar tizimli oʻtib borilayapti.

Pichoqni nishonlarga aniq otish boʻyicha oʻtkazilgan amaliy darslarda general-mayor Zaynobiddin Iminov koʻrgazmali mashgʻulot oʻtib berdi. Unda uch, besh hamda yetti metr masofalardan nishonni aniq moʻljalga olish uchun talab etiladigan diqqatni jamlash, tana va qoʻlni toʻgʻri yoʻnaltirish kabi jihatlar borasida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Harbiy xizmatchi jangovar vaziyatlarga ham ruhan, ham jismonan doimo tayyor holda boʻlishi shart. Oʻtkazilayotgan tadbirlar mohiyati ham ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.