Samarqandda “Vatan tayanchi” harakati aʼzolariga koʻkrak nishonlari topshirildi

0
2029

Samarqand shahrida “Vatan tayanchi” otryadi guruhlariga aʼzo boʻlgan 10-11-sinf oʻquvchilariga koʻkrak nishonlarini tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov, Qozogʻiston Respublikasi “Jaz-sarbaz” milliy harbiy-vatanparvarlik harakati rahbariyati, Samarqand viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab, yoshlar tantanali ravishda vaʼda berib, unda oʻqish va sport ishlarida doimo faol boʻlishlarini bildirdilar. Shundan soʻng, Samarqand shahridagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari, “Vatan tayanchi” otryadlari aʼzosi boʻlgan 200 nafar yoshga koʻkrak nishonlari topshirildi.

Marosimda soʻz olganlar yoshlarning bergan va’dasiga sodiq qolgan holda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishini tilashdi. Shunigdek, Qozogʻiston delegatsiyasi tomonidan Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yigʻinida “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarining koʻrsatgan jasorati va matonatini alohida tilga olib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborni eʼtirof etishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati