Chirchiqda “Nuroniylar yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir tashkil etildi

0
1021

“Keksalar haftalar” doirasida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Chirchiq shahar Nuroniy jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan hamkorlikda “Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat” degan bosh gʻoya ostida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida madaniy tadbir oʻtkazildi. Oʻtkazilgan tadbirda keksa avlod vakillari, oʻquvchi yoshlar va bilim yurti kursantlari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari birinchi navbatda bilim yurti muzeyiga tashrif buyurishib, u yerdagi eksponatlar bilan tanishish asnosida bilim yurti tarixi haqida qisqacha maʼlumotga ega boʻldilar.

Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar, kursantlar hamda keksa avlod vakillariga bilim yurti kursantlari orasidan tashkil etilgan badiiy xavaskorlik toʻgaragi guruhi tomonidan tayorlangan musiqali chiqishlar namoyish etilib, ular oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqasi oʻtkazildi.

Shundan soʻng, mehmonlar bilim yurti shon-sharaf maydoniga tashrif buyurib, u yerdagi jangovar texnikalar namunalari bilan tanishdilar va esdalik uchun suratga tushdi. Soʻngra barcha tadbir ishtirokchilari bir piyola choyga taklif qilinib, madaniy hordiq chiqardilar.