Harbiy bilim yurtida akademiklar bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi

0
1285

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida viloyat va tumanlar ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Nodirbek Yusupbekov hamda Xusan Igamberdiyev ishtirokida bilim yurti professor-o‘qituvchilari va kursantlari jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan taniqli akademiklar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi shakllanishi tarixiga qisqacha ekskurs yondashib, uning poydevori bevosita buyuk allomalarimiz merosi bilan bog‘langanini va mazkur jarayon murakkab tarixiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tganini gapirdilar. Shuningdek, olimlar dargohi hozirgi kunda zamonaviy talablarga mos ravishda shakllangan ziyo markaziga aylanganiga uchrashuv qatnashchilari e’tiborini qaratdi.

Bundan tashqari, suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 24-fevral kuni bilim yurtiga tashrifi chog‘ida ta’lim maskanining ilmiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish va texnika ixtisosliklari bo‘yicha bilim yurti qoshida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tashkil etish vazifalariga haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.