Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar oʻrtasida qator ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi

0
1586

Harbiy tibbiyot akademiyasida Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Tarix bilimdoni”,“Eng yaxshi harbiy qoʻshiq ijrochisi”,“Eng yaxshi yosh adib” hamda “Eng yaxshi yosh shoir” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilarda harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy ruh va milliy gʻurur tuygʻularini kuchaytirish, intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur koʻrik-tanlovlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar hamda Madaniyat va turizm vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Fanlar akademiyasi tarix instituti, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Podpolkovnik Gulnora Hojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti